Taʼkidlanishicha, mazkur kitobda Yangi Oʻzbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub oʻzgarishlar va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yoʻnalishlari, milliy taraqqiyot istiqbollari haqida atroflicha fikr yuritiladi.

Ushbu asar kitobxonlarda Yangi Oʻzbekistonning zamonaviy demokratik qiyofasi qanday yaratilayotgani, mamlakatni yangi rivojlanish bosqichiga koʻtarish uchun belgilab olingan strategik yoʻl toʻgʻrisida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini beradi.

Kitob yetti bobdan iborat boʻlib, 10 ming nusxada nashr qilingan.

Eslatib oʻtamiz, 2019-yilda Shavkat Mirziyoyev asarlari va maʼruzalaridagi fikrlar jamlanmasi kitob sifatida nashr etilgan, shuningdek, “Niyati ulugʻ xalqning ishi ham ulugʻ, hayoti yorugʻ va kelajagi farovon boʻladi” nomli yangi asari chop etilgan edi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan